19 iyu 17:53
Yangiliklar

Billie Jean King Cup. Terma jamoamizda qatorasiga uchinchi mag'lubiyat, bu safar mitti orol mamlakat tennischilarga yutqazdik
Bugun musobaqaning II Osiyo/Okeaniya guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi Tinch okeaniya federaciyasi tarkibiga kiruvchi Yangi Kaledoniya mitti orol mamlakati tennischilariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Dastlabki bahsda yurtimizning uchinchi raketkasi Darya SHubina reytingi yo'q Vitolet Apisaxga 6/7(5), 0/6 hisobida yutqazdi. Ikkinchi o'yinda Sabrina Olimjonova reytingi o'zidan yuqoriroq bo'lgan Karolann Delaunayni 6/2, 6/2 hisobida engib, muvozanatni tikladi - 1:1.
Hal qiluvchi juftlik uchrashuvida esa Darya SHubina va Nigina Abduraimova tandemi Patrisiya va Violet Apisax hamkorligiga 1/6, 7/6(9), tay-brekda 9:11 hisobida mag'lub bo'lishdi. Bu O'zbekiston terma jamoasining ketma-ket qabul qilib olgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Bungacha Filippin va Indoneziya tennischilariga ham yutqazib qo'ygandik. Ertaga amalda hech narsani hal qilmaydigan Eron terma jamoasiga qarshi o'yin bizni kutib t turibdi.
Fikrlar