21 iyu 14:18
Yangiliklar
Tennis

Billie Jean King kubogi. O'zbekiston Singapurga qarshi 7-8-o'rinlar uchun kortga chiqdi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Billie Jean King kubogi musobaqasining II Osiyo/Okeaniya guruhi bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Guruh bahslarini omadsiz o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi 7-8-o'rinlar uchun kechgan uchrashuvda singapurlik tennischilarni mag'lub etishdi. Nigina Alimova Tong Oudreyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/0. Sabrina Olimjonova esa Eva Mari Desvinesdan 7/6(4), 6/0 hisobida ustun keldi.
Oqgul Omonmurodova sardorligidagi terma jamoamiz kecha guruhning so'nggi o'yinida Eronni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. O'zbekiston terma jamoasi uchun bu g'alaba Billie Jean King kubogining II Osiyo/Okeaniya guruhidagi yagona bo'lib qoldi. Qizlarimiz B guruhida 1 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etishdi. A guruhida 4-o'rinni egallagan Singapurga qarshi bahsda 7-o'rin taqdirini hal qildik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar