20 iyu 18:53
Yangiliklar
Tennis

Billie Jean King kubogi. So'nggi turda Eron qiyinchilik bilan mag'lub etildi, lekin endi kech...
Tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Billie Jean King kubogi musobaqasining II Osiyo/Okeaniya guruhi bahslari yakunlandi.
O'zbekiston terma jamoasi so'nggi turda Eron ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Darya SHubina Yasaman Yazdanidan 6/2, 6/4 hisobida ustun kelgan bo'lsa, Sabrina Olimjonova Meshkatolzaxra Safiga 4/6, 6/4, 3/6 hisobida mag'lub bo'ldi. Juftlikdagi o'yinda esa SHubina va Nigina Abduraimova Eronning dastlabki ikki o'yinida kortga chiqqan tennischilarini 6/2, 6/3 hisobida engdi.
SHunday qilib, Oqgul Omonmurodova sardorligidagi tennischi qizlarimiz Billie Jean King kubogining II Osiyo/Okeaniya guruhini 4 o'yinda bor yo'g'i 1 ta g'alaba bilan 5 ta jamoa orasida to'rtinchi o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar