26 noy 11:35
Yangiliklar

Bilolbek jahon chempionligi uchun jang qiladi, qolganlarda bronza
Kecha jahon chempionatida yarim final janglari o'tkazildi. Ular orasida 4 nafar charm qo'lqop ustamiz ham final chiptasi yo'lida ringga ko'tarilishdi.
Afsuski, ulardan faqatgina bir nafari g'alaba qozonib, finalga chiqdi. 60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov turkiyalik Nejat Ekinchini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning finaldagi raqibi AQSH bokschisi Delant Jonson bo'ladi.
52 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan Otabek Xolmatov yarim finalda yaponiyalik Xayato Cucumiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
56 kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz SHunqor Abdurasulov amerikalik Mark Kastroga 0:4 hisobida yutqazdi.
91 kg vazn toifasida ringga chiqqan SHohruz Rahimov esa rossiyalik raqibi Vladimir Ujunyanga 0:5 hisobida yutqazib qo'ydi.
Fikrlar