So’nggi yangiliklar

08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0

24 mar 16:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi. Grigoyan vs Rivera. Mustaqil O'zbekiston tarixidagi ilk oltin kamar jangi haqida (FOTO+VIDEO)

Bir jang tarixi ruknida bu safar O'zbekiston vakili "Qirol Artur" Grigoryan va Antonio Rivera jangini esga olamiz.

Jang sanasi: 04.13.1996

Jang manzili: “Sporthalle Arena” Gamburg, Germaniya

Jangga qadar bokschilarning natijasi:

Artur Grigoryan: 18 ta jang, 18 ta g'alaba.


Antonio Rivera: 45 ta jang, 34 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat, 2 ta durang.



Jang boshlanishi bilan Grigoryan ustunlikni qo'lga olishga harakat qildi. U birinchi raundda bir nechta aniq va kuchli zarbalar yo'llashga erishdi. Ikkinchi raundda esa jang biroz sekinlashdi va har ikki bokschi ham kam miqdorda zarba yo'lladi. Uchinchi uch daqiqalikda Grigoryan hamda Rivera ancha qo'shishdi va bir-birlariga zarbalar yo'llashdi. To'rtinchi va beshinchi raundlarda "Qirol Artur" to'liq ustunlikka ega bo'lib, raqibini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Hujumlar oqimi oltinchi raundda ham to'xtamadi va Artur borgan sari g'alaba yaqinlashayotgan edi.

Ettinchi raundda hamyurtimiz biroz kuch tejab harakat qilgandek bo'lsa-da, ammo bir nechta yaxshi operkot zarbalari bilan raqibini qiynashda davom etdi. Sakkizinchi raundda Rivera beldan pastga zarba bergani uchun ring hakami undan ochko olib tashladi. To'qqizinchi raundda Antoni ancha charchab qoldi va buning natijasida bokschimiz raqibiga istalgancha zarba yo'llashga erishdi. O'ninchi va o'n birinchi raundlarda Artur bir necha bor raqibini muvozanatdan chiqarishga harakat qildi, ammo Rivera oyoqlarida turishga erishdi. 

Hal qiluvchi raundda "Qirol" kutilmaganda muvozanatni yo'qotdi va hakam hisobni ochdi. Lekin tezda o'ziga kelgan Artur raqibi bilan haqiqiy ochiq jangga kirishib ketdi, buning natijasida so'nggi raundning ikkinchi daqiqasida raqibini nokaut qilishga erishdi. 

SHu tariqa, Artur Grigoryan engil vazn toifasida WBA kamariga ega chiqdi. Bu mustaqil O'zbekistonning professional boksdagi ilk oltin kamari edi.


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
24 mar 16:50:11
javohir
Кирол Артур хакикий кирол эди.17 марта камарни химоя килган.у тарихда колади.уни унутмаймиз.
   
25 mar 13:55:45
Сурхон Барлос
Ўзбек тилида жуда равон гаплаша олади... Қирол Артур биз учун буюк боксчи бўлиб қолаверади.
   
24 mar 23:50:30
Neytral
Еттинчи раундда ҳамюртимиз бироз куч тежаб ҳаракат қилгандек бўлса-да, аммо бир нечта яхши оперкот зарбалари билан рақибини қийнашда давом этди.

#############################################
Esilada bo'sa 2017-yil Germaniyani Gamburg shaxrida xavaskor bokschila o'rtasida Jaxon Chempionatida shu bzani jiyani, xam kuyovi, xam shogirdini xullas uwa bolani Iqboljon Xoldorov yutgandi uwa paytda etilgandiki Artur Grigoryan Germaniya fuqaroligini oldi diyiwkandi manimcha O'zbekiston fuqaroligidan chiqqan shuni uchun Iltimos etiborliro bo'lila
   
24 mar 17:22:57
Ихтиёр
Уша жангни каттик хаяжон бн кузатиб боргандик
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing