So’nggi yangiliklar

08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0

20 mar 19:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi: Klichko - CHagaev. “Oq Tayson” faoliyatidagi ilk mag'lubiyat haqida (FOTO+VIDEO)

Bir jang tarixi ruknida bu safar ukrainalik jahon chempioni Vladimir Klichko va Ruslan CHagaev jangini esga olamiz.

Jang sanasi: 2009.06.20

Jang manzili: “Veltins Arena” Gelzenkirxen, Germaniya

Jang hakami: Eddi Kotton

Jangga qadar bokschilarning natijasi:

Ruslan CHagaev 26 ta jang, 25 ta g'alaba, bitta bekor qilingan uchrashuv

Vladimir Klichko 56 ta jang, 53 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat

Jangning boshida Ruslan Vladimirga qattiq bosim o'tkazishga harakat qilib ko'rdi, ammo Vladimirning chap qo'l jeblari sababli, hamyurtimizning harakatlari omadsiz yakunlandi. Ikkichi raund ham birinchisi kabi davom etayotgandi, ammo kutilmaganda CHagaev raqibining to'g'ridan yo'llagan zarbasini o'tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushib qoldi. 


Uchinchi raundda CHagaev boy berilgan ikki raund uchun harakat qila boshladi, lekin Klichkoning to'g'ridan yo'llayotgan zarbalari barcha CHagaevning rejalarini barbod qilishda davom etdi. Keyingi uchta raund ham shu tempda davom etdi, ukrainalikning jeplari unga kerakli ochkolarni taqdim etishda davom etdi.

Ettinchi raundga kelib, bokschimiz ustunlikni qo'la olishga urinib ko'rdi, ammo yana bitta kuchli zarba o'tkazib yubordi, buning natijasida uning chap ko'zidan qon oqishni boshladi. Sakkizinchi va to'qqizinchi raundlarda CHagaevning jarohati borgan sari kattalashishda davom etdi. 

9 va 10 raund oralig'idagi tanaffus vaqtida CHagaevning burchagi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. SHu tariqa, Klichko navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. CHagaev esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. 



JANG VIDEOSI

(TAS-IX emas)


Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 mar 01:10:39
Anvar Abdumurodov
Vsyo ravno Legenda Chagaev. Valuev ni nimalar qip tashagandi Jalolov hali qirol boladi super ogir vazn da
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing