So’nggi yangiliklar

20:49Нодирбек Якуббоев 3-ўрин учун курашмоқда, илк партия якунланди 0 20:37Элит ОЧЛ. "Насаф" навбатдаги мағлубиятни қабул қилиб олди, бу сафар Эрон жамоасидан 0 19:19Жаҳон кубоги. Жавоҳир Синдаров 1-партияда дуранг қайд этди 0 18:39Геннадий Головкин боксни бутунлай тугатдими? Унинг ўзи жавоб берди 0 18:14ПФЛ Ўзбекистондаги бешта клуб ареналарини Суперлига стадионлари рўйхатига киритмаслиги мумкин 0 17:42"Ислам Сен-Пьерни мағлуб эта олган бўларди" - UFC собиқ чемпиони 0 17:17Қатар мезбонлик қиладиган рапид ва блитц жаҳон чемпионатида қатнашадиган шахматчиларимиз рўйхати маълум бўлди 0 16:38World Boxing президенти бўлган Головкин энди Қозоғистон МОҚдан кетадими? GGG жавоб берди 0 16:12Хаби Алонсо "Эльче" билан дуранг ҳақида: "Биз норозимиз, чунки "Реал" доим ютишни истайди" 0 15:40Ислам Махачев: "Вазнимни эртароқ кўтармаганимдан бироз афсусландим" 0 15:07Жавоҳир Синдаров: "Жуда хурсандман, лекин дўстим учун барибир бироз хафаман" 0 14:41"Яна вазн ҳайдашим учун жуда яхши таклиф бўлиши керак" - Махачев Топурия билан жанг ҳақида 0 14:17"Реал" кетма-кет 12 йил давомида трансферларсиз миллиард ишлаб топган дунёнинг биринчи клубига айланди 0 13:45Президент Олимпиадаси беллашувларига старт берилди 0 13:12Усикнинг жамоадоши WBO камаридан воз кечиш сабабини айтди 0

18 mar 17:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi. Mayk Tayson - Evander Xolifild II (FOTO+VIDEO)

Jahon boks olamining eng qiziqarli janglari haqida gap ketganida, aksariyat muxlislarning ko'z oldiga Mayk Tayson hamda Evander Xolifild o'rtasidagi ikkinchi bahs esga tushsa kerak.

Bokschilar o'rtasidagi ilk jang 1996 yilning 9 noyabrida Las-Vegasdagi “MGM Grand” arenasida bo'lib o'tadi. Kutilmaganda jangning 11-raundida Xolifild Taysonni nokaut qilib WBA kamariga ega chiqqandi. Xolifild birinchi shartnomada imzolangan kelishuv bo'yicha, revansh jangiga rozilik berishi lozim edi va shu tarzda ikkinchi jang ham tezlik bilan amalga oshiriladi. Birinchi jangdagi g'alabaga qaramasdan, Evander ikkinchi bahsda ham autsayder edi.

Jang sanasi: 1997.06.28


Jang manzili: “MGM Grand” Las-Vegas AQSH

Jang hakami: Mills Leyn.

Revanshga qadar bokschilarning natijasi: 

Mayk Tayson 47 ta jang (45 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat, 39 KO)

Evander Xolifild 36 ta jang (33 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat, 24 KO).

XX asr so'nggi o'n yilligining eng qiziqarli va janjalga boy o'tgan bahsi 1997 yilning 28 iyun kuni o'tkazildi. Jang superog'ir vazn toifasidagi eng ko'p muxlis to'plagan uchrashuv va Taysoning eng omadsiz to'qnashuvi sifatida tarixga kirgan. Uchrashuv gongi chalinishi bilan Tayson ilk jangida bo'lgani singari tezkor hujumlarni boshladi. Ammo ilk jangdan farqli ravishda Xolifild bunday hujumlarga tayyor bo'lib chiqqandi. SHundan so'ng Evander bir nechta kuchli jep zarbalari bilan Taysonga xavf tug'dira boshladi. Birinchi raund yakuniga yaqin esa Xolifild kuchli hujum uyushtirib, Taysonga daxshatli zarbalar yo'lladi. SHu tariqa, ilk raund Xolifildning foydasiga bo'ldi. 

Ikkinchi raundda ham Tayson hujum bilan boshladi, ammo Xolifild ham unga hujumlar bilan qarshilik ko'rsatishda davom etdi. Raundning dastlabki daqiqasida “Temir Tayson” kuchli kross zarbasini yo'llashga harakat qildi, ammo Evander bundan qochib qoldi va qarshi hujumda kuchli zarba yo'lladi, buning natijasida Taysoning qoshidan qon oqishni boshladi va ikkinchi raund ham Evander foydasiga hal bo'ldi. 

Uchinchi raund. Bu raundda Tayson yaxshi hujum tashkil qilishi natijasida Evanderning tana va boshiga bir nechta kuchli zarbalar yo'llashga erishdi. Uchinchi raundda Taysonning ustunligi ostida kechayotgan bahsda kutilmaganda Evander baqirib yubordi. Jang hakami esa bahsni to'xtatdi. O'sha holatda Tayson Xolifildning qulog'ini tishlab olgandi. SHifokorlar ringga ko'tarilishdi va jangni davom ettirishga ruxsat berishadi, ammo bahs qayta tiklanganidan so'ng Tayson raqibini yana bir bosh tishlab oldi, bu safar esa u raqibini qulog'ining bir qismini uzib olgandi. SHu tariqa, jang uchinchi raunddan so'ng yakunladi. Tayson diskvalifikaciya qilindi, Xolifild esa jang g'olibi deb elon qilindi.


JANGNING ENG QIZIQARLI VAZIYATLARI



Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
18 mar 18:40:40
Muhammadali Berxudarov
Super Maqola gap yoqq
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing