So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

18 apr 16:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Bir jang tarixi. Meyvezer - Alvares. Bugungi kunning eng kuchli bokschisi Saulning ilk mag'lubiyati (FOTO+VIDEO)

Floyd Meyvezer va Saul Alvares o'rtasidagi bahs birinchi o'rta vazn toifasida bo'lib o'tgan.

Jang g'olibi WBA Super, WBC va Ring kamarlariga ega chiqishi lozim edi. Jang 2013 yilning 14 sentyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Bu super to'qnashuv o'sha davrlarda bo'lgan deyarli barcha rekordlarni yangilagan. Jang uchun Floyd 75 million dollarga ega bo'lgan, bu esa o'sha vaqtdagi eng katta gonorar hisoblanardi.


SHuningdek, Alvares ham o'sha jangdan 20 million dollar ishlab olgan, u uchun ham bu rekord summa edi. Jangga qadar har ikki bokschi ham mag'lubiyat nima ekanligini bilmagan. Floyd 44 jang o'tkazib barchasida g'alaba qozongan bo'lsa, Saul esa 43 ta jang o'tkazib, 42 ta g'alaba va bitta durrang natijani qayd etgan edi. Jang to'liq Meyvezerning ustunligi ostida kechadi. U har bir raundda o'z ustunligini ko'rsatishga urinadi va bunga erishadi ham. Saulning jangi chiqmagani sababli, raqibiga taqiqlangan zarbalar yo'llashni boshlaydi, shu zahoti hakam unga bu harakatlari uchun jarima soladi. 

Meksikalik bokschi o'n birinchi raundda Meyvezerni bir necha marta «ushlash»ga erishadi, lekin bu urinishlar amerikalik engilmas bokschini nokaut qilishga kamlik qiladi. Jang to'liq o'n ikki raund davom etadi va bahsda ishlagan ikki hakam Meyvezerning g'alabasini elon qilishadi, ammo Si Jey Ross kutilmaganda jang durang natija bilan tugaganini elon qiladi, keyinchalik bu hakam istefoga chiqadi.


Jang videosini tomosha qiling:



Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
23 apr 09:01:08
Abduquddus Salohiddinov
Saulda kuchlik zarba kam
   
18 apr 18:27:55
Djon8238
Alvarez “arvox” bn jang qilgan kun
   
18 apr 17:31:39
Abduquddus Salohiddinov
Xar qancha chiranmasin Maywezer
Toliq ustunlik qilgan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing