24 mar 16:35
Yangiliklar
"Bir vaqtning o'zida "Atletiko"ni ham boshqaraman!" - Klopp "Real" haqidagi mish-mishlarga keskin javob berdi
Germaniyalik mutaxassis bu kabi gap-so'zlarni "ahmoqona mish-mish" deb atadi. "Yaxshisi, bu haqida gaplashib olaylik. Qachon xabar haqiqatga aylanadi? Birov qog'ozga nimadir yozsa sodir bo'ladimi yoki haqiqatda jarayon ketsa? Florentino Peres menga qo'ng'iroq qilib: "Yurgen, ishlaring qalay?" deyishi kerakmi? Bunday uydirmalar mening g'azabimni keltiradi", — dedi Klopp.
"Real" menga biror marta ham qo'ng'iroq qilmagan. Agar shunday bo'lsa, keling, bir yo'la "Atletiko"ni ham boshqara qolaman! Ideal holatda — ikkala jamoani bir vaqtda! Uzr, "Madrid", avval qo'ng'iroq qilishlaring kerak edi", — deya hazillashdi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Yurgen Klopp "Red Bull" tizimida faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar