So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

26 mar 08:07
Yangiliklar

Futbol

Birinchi ligada 29 ta jamoa ishtirok etadi: Samarqanddan 3 ta klub

Teglar :  Birinchi liga
Bir yil muqaddam ularning soni 30 tani tashkil etgan edi.

“SHunga qaramay, Liga bayrog'i ostida o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar soni o'tgan mavsum bilan solishtirganda 7 taga ko'paydi. Buni Proliga qatnashchilari sonining ortishi bilan izohlash mumkin. SHuningdek, Associaciya huzurida tashkil etilgan 14 ta hududiy futbol akademiyasi hamda Respublika futbol akademiyasining farm jamoasi ilk bor to'liq tarkibda Birinchi ligada to'p tepadi.

Birinchi liganing minimal talablarini lozim darajada bajara olmagan klublar Liga qatnashchilari safidan chiqarildi. Malumki, istalgan musobaqamizda ishtirok etuvchi klub Liga bilan qatnashchilik bo'yicha shartnoma imzolaydi. Klub mazkur shartnoma shartlariga rioya qilish, shuningdek, musobaqa bilan bog'liq reglament talablarini lozim darajada bajarishni kafolatlaydi, aks holda Liganing qatnashchilar safidan chiqarish bo'yicha qarorini qabul qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o'tgan mavsum Birinchi ligada ishtirok etgan “Bog'dodchi”, “Qumqo'rg'on”, “CHig'atoy”, “Ishtixon”, “Zamin” (musobaqaning amaldagi g'olibi) kabi klublarga faoliyatini hududiy Ikkinchi liga musobaqasida davom ettirish tavsiya etildi.

Mazkur klublar orasidan “Qumqo'rg'on” O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita qarorlari va Liga talablariga bepisand munosabatda bo'lganidan kelib chiqib, O'FA Tartib-intizom qo'mitasining qarori bilan avvalroq musobaqalardan chetlashtirilgandi. “CHig'atoy” esa bir necha mavsum davomida Birinchi ligada imtiyoz asosida ishtirok etib kelgan bo'lsa-da, Liganing joriy mavsum 31 yanvarga qadar belgilab bergan talabiga loqayd munosabatda bo'ldi, shuningdek, futbol maktabining tom manoda klubga aylanish borasidagi takliflarini ortga surib keldi. Mazkur hududlarning “Surxondaryo FA” hamda “Toshkent FA” kabi jamoalari esa Associaciya bilan kelishilgan holda Birinchi ligaga qo'shildi.

“Bog'dodchi” hamda “Ishtixon” klublarining musobaqada faoliyatini davom ettirishi bo'yicha Liga tomonidan yo'l xaritasi belgilab berildi. Kecha — 24 mart kuni Liga ishchi guruhi monitoringning so'nggi bosqichi uchun Ishtixonda bo'ldi. Ishchi guruh bayoniga ko'ra, klub mutasaddilari o'tgan vaqt davomida faqatgina Ligani chalg'itishga harakat qilgan, biroq hududdagi stadionda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bungacha qanday holatda bo'lsa, shundayligicha qolgan. SHundan kelib chiqib, mazkur ikki klubga ishtirokini Ikkinchi ligada davom ettirish yuzasidan tavsiya berildi. Farg'ona viloyatidan “Havoqand”, Samarqandning esa bir yo'la uch klubi — “Samarqand FA”, “SHerdor” va “Azur” Liga musobaqasida qatnashadi.

Namangandagi “Markaziy” stadionida tamirlash ishlarini olib borayotgan, asosiy tarkibda bir qator islohotlarni amalga oshirgan “Navbahor” klubining farm jamoasi o'z xohishiga ko'ra turnirdan chiqib ketdi. Associaciya tomonidan o'tkazilgan pulka musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan viloyatning “Barkamol” klubi esa musobaqaga qo'shildi.

Musobaqaga yangi qo'shilgan klublar 2026 yilgi mavsum davomida Liga monitoringida bo'ladi. Ular “Kattaqo'rg'on”, “Lochin” kabi klublar singari rivojlanishi, “Do'stlik”, “Lokomotiv BFK”, “Cementchi” kabi aniq yo'nalishga tushib olishi yoki yuqorida nomlari keltirilgan klublar kabi mavsum so'ngida musobaqadan chetlashtirilishi mumkin. Reglament talablariga rioya qilmagan va ularga nisbatan bepisand munosabatda bo'lgan klublar Liga qatnashchilari safida bo'lmaydi.

Birinchi liga formati va boshqa masalalar haqida tez kunlarda xabar beriladi”, – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing