12 mar 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Bisping: Umar Nurmagomedov - yangi Xabib
UFC sobiq chempioni Maykl Bisping Umar Nurmagomedovning UFC 272 turniridagi chiqishini yuqori baholadi.
"O'ylashimcha, Umar Nurmagomedov — bu yangi Xabib. U UFC 272 turnirida ajoyib chiqish qildi. Qaysi vaznda jang qilmasin, u aniq chempionlik kamariga davogar bo'ladi", - deb aytib o'tgan Maykl Bisping o'z podkastida.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov va Brayan Kellexer o'rtasidagi jang UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tdi. Jang bir raund davom etdi va unda Umar Nurmagomedov bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozondi. Bu rossiyalik jangchi uchun ketma-ket 14-g'alaba bo'ldi. SHuni aytib o'tish kerakki, Umar hali umuman mag'lubiyatga uchramadi.
Kellexer esa aralash yakkakurashlarda 24 g'alabaga erishgan. Umar bilan jang Kellexer uchun faoliyatidagi 13-mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar