12 okt 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol WBA yo'nalishining to'laqonli chempioni deb elon qilindi
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishining to'laqonli chempioni sifatida elon qilindi.
Bivol shu kungacha WBA yo'nalishida vaqtinchalik chempion maqomida edi. Tashkilot endi uni rasman to'laqonli chempion sifatida elon qildi. Bu malumotni shaxsan WBA prezidenti Gilberto Mendosa tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oyda ushbu yo'nalish chempionligi uch bokschiga tegishli bo'lib turgandi. O'shanda Andre Uord superchempion, Badu Jek chempioni, Dmitriy Bivol esa vaqtinchalik chempion edi.
Uord faoliyatini rasman yakunladi. Badu Jek esa o'z unvonidan voz kechdi. Natijada Bivol avtomatik ravishda ushbu yo'nalishning to'laqonli yagona chempioniga aylandi. Endi u 120 kun ichida o'z chempionlik kamarini himoya qilishi shart bo'ladi.
Havola :
Fikrlar