So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

26 mar 09:44
Yangiliklar

Futbol

“Bobur Arena” 24/7 formatdagi majmuaga aylanadi

Teglar :  AndijonBobur Arena
Andijon futboli uchun muhim va tarixiy qadam qo'yildi.

“Bobur Arena” stadionida yangi, keng qamrovli loyihaning tamal toshi qo'yildi. Bugun bu erda viloyat hokimi, faollar, faxriylar, tashkilot va klub rahbariyati hamda ko'plab muxlislar jam bo'lib, ezgu niyatlar bilan duoi fotiha qilindi. SHuningdek, xalq ananalariga xos tarzda qo'y so'yilib, elga osh tarqatildi.

Bu tashabbus oddiy qurilish emas — bu “Bobur arena”ni butunlay yangi bosqichga olib chiqadigan loyiha.

Rejaga ko'ra, stadion hududida kechayu kunduz, yani 24/7 formatda faoliyat yuritadigan zamonaviy majmualar barpo etiladi. Ushbu Istiqbolli loyiha “Makro Farm Andijon” korhonasi homiyligi ostida amalga oshiriladi. Bu esa stadionni faqat o'yin kunlari emas, balki har kuni hayot qaynaydigan markazga aylantiradi.


Yangi binolar, ko'ngilochar maskanlar, muxlislar uchun qulay infratuzilma — bularning barchasi “Bobur Arena”ga yangi nafas bag'ishlaydi. Endilikda bu maskan nafaqat futbol o'yinlari uchun, balki oilaviy dam olish, do'stlar bilan vaqt o'tkazish va turli tadbirlar o'tkazish uchun ham eng sevimli manzilga aylanishi kutilmoqda.

Eng muhimi, bu o'zgarishlar muxlislar uchun. CHunki haqiqiy futbol muhiti nafaqat maydonda, balki uni o'rab turgan muhitda ham yaratiladi. Yangi loyiha orqali “Bobur Arena”da har bir o'yin haqiqiy bayramga aylanadi.

Andijonda futbolga bo'lgan muhabbat yanada kuchaymoqda. “Bobur Arena” esa bu muhabbatning yuragiga aylanish arafasida”, – deyiladi “Andijon” klubi matbuot xizmati xabarida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing