27 avg 19:18
Yangiliklar

Boks. 20 yoshli Iqboljon Xoldorov chorak finalga chiqdi
Osiyo chempioni hisoblangan Xoldorov uchun bu ilk jahon chempionati va shu bilan birga birinchi jang edi. Uning raqibi kolumbiyalik Jon Guterres ilk davrada polshalik bokschi ustidan zafar quchgandi.
Ikkinchi raundda Xoldorovning kuchli zarbasidan so'ng referi hisobni ochdi. Uchinchi raundda ham ustunlikni o'z qo'lida saqlab qolgan hamyurtimiz juda chiroyli g'alabaga erishdi 5:0!
Eslatib o'tamiz, bugun shuningdek boshqa bokschilarimiz ham o'z janglarini o'tkazadilar:
-91kg: Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (20:30 dan so'ng)
-49kg: Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (22:10dan so'ng)
-75kg: Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston) (23:30 dan so'ng)
Fikrlar