08 may 22:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. -75 kg vaznli Qahramonovda ham g'alaba
Sankt-Peterburgda boks bo'yicha Gubernator kubogi bo'lib o'tmoqda.
Avvalroq, Abdumalik Xalakov va Iqboljon Xoldorov kabi bokschilarimizning g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olgani haqida xabar qilgandik.
Biroz avval, -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonovning jangi ham nihoyasiga etdi. Bokschimiz musobaqadagi ilk jangini mavrikiylik Jean Lus Rosalbaga qarshi o'tkazdi va to'liq ustunlikka erishib, 5:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar