So’nggi yangiliklar

09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0

15 avg 17:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha navbatdagi chempionat o'tkazildi

Teglar :  Boks
Samarqand serjantlar tayyorlash maktabida o'tkazilgan chempionatda vazirlik tizimidagi tuzilmalar, harbiy qismlar hamda muassasalarning 20 jamoasi olti vazn toifasida bellashdi.

Ettinchi bor o'tkazilayotgan ananaviy chempionat harbiy xizmatchilar o'rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, iroda va qatiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

– Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlaridan birida xizmatni o'tayapman, – deydi 64 kilogramm vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritgan Baxtiyor Nidoev. – Yoshligimdan boks bilan shug'ullanaman. Harbiy xizmat davomida ham sportni tashlab qo'ymadim. Kelgusida xizmatni davom ettirib, harbiylar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganman.

Murosasiz kurashlarga boy o'tgan musobaqada Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari va harbiy-havo kuchlari terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

– Musobaqada 6 sportchimiz ishtirok etdi, – deydi Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari va harbiy-havo kuchlari terma jamoasi boshlig'i SHerzod Yaxshiev. – To'rt vaznda jamoamiz azolari final janglarida qatnashdi va uchta bahsni o'z foydasiga hal qildi.

CHempionat g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildi. Sovrinli o'rinlarni egallagan harbiy sportchilar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining uchinchi darajali “Namunali xizmati uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

   
16 avg 01:58:56
Ангрен
Расмга коил колдим
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing