So’nggi yangiliklar

15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0

31 may 10:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” g'oliblari aniqlandi

Poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida boks bo'yicha “Olimpiya cho'qqilari” O'zbekiston chempionati o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqalar maktab-internatlarda sport zaxirasi va malakali sportchilarni tayyorlash tizimini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish, Olimpiya o'yinlariga munosib ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tanlab olish hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoalari uchun zaxira tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

CHempionatda mamlakatimizdagi 15 ta ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida talim olayotgan 196 nafar charm qo'lqop ustalari 14 ta (-44 kg, -46 kg, -48 kg, -50 kg, -52 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -63 kg, -66 kg, -70 kg, -75 kg, -80 kg, +80 kg) vazn toifalarida bahslarga kirishdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan janglar natijasiga ko'ra quyidagi bokschilar shohsupaning yuqori pog'onasidan o'rin egallashdi:

- 44 kg: Isaxanov Muxammadrizoxon, (RIOZMI)

- 46 kg: Davlatov Ibratbek, (Andijon IOZMI)

- 48 kg: Abduraximov Qobiljon, (Namangan IOZMI)

- 50 kg: Tog'aybaev Aydos, (CHirchiq IOZMI)

- 52 kg: Rahmonov Davron, (RIOZMI)

- 54 kg: Toshpo'latov Yo'ldoshali, (RIOZMI)

- 57 kg: Qudratov Murodjon, (Jizzax IOZMI)

- 60 kg: Muhammadjonov Asilbek, (Andijon IOZMI)

- 63 kg: Tojiev Azizbek, (Qashqadaryo IOZMI)

- 66 kg: Rasulov Abdulaziz, (Andijon IOZMI)

- 70 kg: Samadov Azizbek, (Qashqadaryo IOZMI)

- 75 kg: Raxmonberdiev Sardor, (CHirchiq IOZMI)

- 80 kg: Ahmedov Mirzajon (Namangan IOZMI)

+80 kg: Nuranov Ali (RIOZMI)

Ushbu musobaqada birinchi o'rinni 174 ochko bilan Andijon IOZMI o'quvchilari qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rin CHirchiq IOZMI (161 ochko) va uchinchi o'rin RIOZMI (155 ochko) bokschilariga nasib etdi.

Musobaqada g'olib bo'lgan bokschilar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing