23 okt 11:57
Yangiliklar

Boks bo'yicha O'zbekiston chempionati qurasi natijalari
Xabar berganimizdek, musobaqada yaqindagina Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan etakchi bokschilarimiz - Sanjar Tursunov, Fanat Qahramonov, Elnur Abduraimov singari kuchli bokschilarimiz ham ringga ko'tariladi.
Qura natijasiga ko'ra -91 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Sanjar Tursunov ilk davrada xorazmlik Ilhom Qurbonboevga qarshi ringga chiqadi. G'alaba qozongan taqdirda ikkinchi bosqichda andijonlik Feruzbek Matisaev bilan to'qnash keladi.
-75 kg vazn etakchisi bo'lgan Fanat Qahramonov ikkinchi davradan bahslarga qo'shiladi. U bu bosqichda Husanboy Qirg'izboev hamda Navo Tamazov jangi g'olibini sinovdan o'tkazadi.
-64 kg vazn vakili hisoblangan Elnur Abduraimov qura natijasiga ko'ra o'z ishtirokini birinchi davradan boshlaydi. Uning raqibi Toshkent viloyati bokschisi Jasurbek Haydarov bo'ladi.
Fikrlar