03 avg 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi
Terma jamoa bokschilarining asosiy qismi o'z mashg'ulotlarini masofaviy tarzda olib bormoqda.
Bugun charm qo'lqop ustalarimizning navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.
Ushbu mashg'ulotni Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati ham kuzatib bordi.
Terma jamoa murabbiylari shtabi tomonidan bokschilarimizga belgilangan reja asosida vazifalar berildi, o'z o'rnida yigitlarimiz mashg'ulotlarni maromiga etkazib bajarishdi.
MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov mashg'ulotlarni tashkil etish bo'yicha o'z takliflarini berdi. Terma jamoamiz azolariga sihat-salomatlik tiladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar