06 may 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Bugun vakillarimiz ishtirokida 4 ta final va 1 ta JCH yo'llanmasi uchun bo'ladigan jang bizni kutib turibdi (ro'yxat)
Bugun Toshkentda boks bo'yicha bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining dastlabki final bahslari o'tkaziladi.
Kecha final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bokschilarimiz chempionlik uchun, shuningdek, chorak finalda mag'lub bo'lgan Sanjar Tursunov JCH yo'llanmasi uchun jang qiladi. Sportchilarimizning janglarini boshlanish vaqtlari va ularning raqiblari bilan tanishing:
14:30 - Murodjon Ahmadaliev - Jiavei Jang (Xitoy)
15:10 - SHiva Tapa (Hindiston) - Elnur Abduraimov
16:00 - Dong Yun Li (Janubiy Koreya) - Isroil Madrimov
18:30 - Bektemir Meliqo'ziev - Erik Aljanov (Qozog'iston)
18:45 - Sanjar Tursunov - Salar G'ulomi (Eron) (JCH yo'llanmasi uchun)
Boks bo'yicha Osiyo chempionati haqidagi xabarlardan shuningdek Telegramdagi kanalimizda ham kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi > > > https://t.me/olamsport
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar