20 avg 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. CHechenistondagi turnir muvaffaqiyatli boshlandi
Kecha CHechenistonning Grozniy shahrida boks bo'yicha Respublika birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida 5 nafar bokschimiz ringga ko'tarilishi lozim edi. Janglar yakuniga ko'ra, barcha bokschimiz g'alaba qozonib, ikkinchi davraga yo'l olishdi.
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Sabar Bishara (Isroil)
-64 kg: Elnur Abduraimov - Emir Basirov (Rossiya)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Rishat Bakirov (Rossiya)
-91 kg: Timur Ergashev - Vitold Lisek (Polsha)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Salax Muculxanov (Rossiya)
Bugun musobaqaning ikkinchi kun bahslari davom ettiriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar