05 avg 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Farg'ona viloyatida xalqaro turnir start oldi
Yurtimizda boks bo'yicha xalqaro turnir boshlandi.
Farg'ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog'ida joylashgan Bolalar-o'smirlar sport maktabining Rapqon sport majmuasida boks bo'yicha 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida X xalqaro musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Musobaqada Respublikamizdagi charm qo'lqop ustalaridan tashqari, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Turkmanistondan bokschilar qatnashishadi. Bellashuvlarda 250 nafardan ortiq sportchi 18 ta vazn toifasida kurash olib boradi. Turnir 8 avgustga qadar davom etadi.
Havola :
Fikrlar