26 avg 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18160_220.jpg)
Boks. Isroil Madrimov jahon chempionatida ilk jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi
Kecha bo'lib o'tgan -75 kg vazn toifasidagi janglardan birida bokschimiz Isroil Madrimovning raqibi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, sportchimiz jahon chempionatini turkmanistonlik Aziz Ochilovga qarshi boshlaydi. U ilk jangida Puerto-Riko vakili Luis Rodrigesni mag'lubiyatga uchratdi. Madrimov esa janglarga ikkinchi bosqichdan qo'shiladi. Ushbu jang ertaga bo'lib o'tadi. Jangning taxminiy vaqti haqida yaqin soatlarda malumot beramiz.
Agar Madrimov ushbu jangda g'alaba qozonsa, chorak finalda katta ehtimol bilan ikkinchi raqam ostida saralangan misrlik bokschi Hosam Abdinga qarshi to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar