04 avg 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Kaspiyskdagi musobaqada 8 ta medalga sazovor bo'ldik
Rossiya Federaciyasi, Dog'iston Respublikasi, Kaspiysk shahrida boks bo'yicha jamoat arbobi Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
29 iyul kuni start olgan musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan bokschilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Ular qatorida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham bahslarda ishtirok etishdi. Turnir yakuniga ko'ra, bahslarda qatnashgan bokschilarimizning 8 nafari shohsupaga ko'tarildi.
Musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
Oltin:
-52 kg: Abror Qodirov
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov
Kumush:
-60 kg: Otabek Xolmatov
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
Bronza:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-75 kg: Akmurad Gaffarov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar