So’nggi yangiliklar

10:34Жавоҳир Синдаров Titled Tuesday ғолиби! 0 10:13Флик мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 09:52Иноуэ вазн тоифасини ўзгартирадими? Наоянинг ўзи бу саволга жавоб берди 0 09:31UFC 315 турнирининг икки чемпионлик жанги иштирокчилари юзма-юз келишди (ФОТО) 0 09:10Даниэль Дюбуа: "Усик менинг зарбам кучини ҳали тўлиқ ҳис қилгани йўқ" 0 08:49“Интер“ — “Барселона“ учрашувида энг яхши футболчи ким бўлди? 0 08:28Дунёнинг 830-ракеткаси қайтишини ғалаба билан нишонлади 0 08:07Муҳаммад Маддаленадан кейинги эҳтимолий рақибини айтди 0 07:46Таэквондочиларимиз янгиланган Жаҳон рейтингида яхшигина юқорилашди 0 02:43Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди! 0 19:48Чимаев: "Дю Плесси урушга тайёрланаверсин, мен эса қотилликка ҳозирлик кўряпман" 0 19:2515 яшар бадиий гимнастикачимиз Европа кубогида Париж Олимпиадаси совриндоридан кейин иккинчи бўлди 0 19:03Билол Муҳаммад: "Ислам менга "Сен чемпион бўлиб, режаларимни буздинг" деди" 0 18:41"Пахтакор" Педру Морейра қисқа таътилга чиққанини эълон қилди. Жамоани вақтинча Камолиддин Тожиев бошқаради 0 18:20Бивол Канелони қандай қилиб мағлуб этганини тушунтирди 0

22 mar 13:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Licenziyadan voz kechgan maqulmi yoki tavakkal qilmaslik zarur?

Teglar :  Boks
3-14 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha Olimpiada kvalifikacion turnirida bokschilarimiz ishtirok etib qaytishgan edi.

8 vaznda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi murabbiylari shtabi quyidagi tarkibni sinab ko'rdi:

-52kg: SHahobiddin Zoirov

-57kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63kg: Elnur Abduraimov

-69kg: Bobousmon Boturov

-75kg: Fanat Qahramonov

-81kg: Dilshodbek Ro'zmetov

-91kg: Sanjar Tursunov

+91kg: Bahodir Jalolov

Musobaqaning dastlabki bosqichda kutilmaganda -81 kg vazndagi yosh, umidli bokschimiz, Jahon chempionati kumush medali sohibi Dilshodbek Ro'zmetov mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, -75 kg vazn toifasida Fanat Qahramonov chorak finalda Qozog'iston vakili Abilhan Amankulga, o'tish bosqichida esa Eron vakiliga imkoniyatni boy berib, licenziyani qo'lga kirita olmadilar. Qolgan barcha bokschilarimiz yarim finalgacha raqiblarini mag'lub etdi va 6 vaznda yo'llanma qo'lga kiritildi. Musobaqada albatta umumjamoa hisobida ham birinchi o'rinni olish vazifasi maqsad qilib qo'yilgan edi, har holda muxlislarimiz buni kutishgandi. Yarim finalda -52 kg vaznda SHahobiddin Zoirov Tailand vakili bilan bo'lgan jangda bir bosh ustunlik qilgan bo'lsada, hakamlar nima uchundir yakunda raqib foydasiga qaror chiqarishdi. -69 kg vaznda Bobousmon Boturov va -91 kg vaznda Sanjar Tursunovlarda esa yarim final janglarida bir muncha xatoliklar ko'zga tashlandi. Yakunda esa ushbu vazndagi bokschilarimiz bronza medali bilan kifoyalandilar. SHiddatli kechgan final janglarida 3 ta vaznda bokschilarimiz ringga ko'tarildilar. Amaldagi jahon chempionlari -57 kg da Mirazizbek Mirzahalilov va +91 kg vaznda Bahodir Jalolov raqiblarini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratib g'olib bo'lgan bo'lsalar, -63kg vaznda Elnur Abduraimov va qozog'istonlik Zakir Sayfulin qarama-qarshiligi musobaqaning eng qiziqarli jangi bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Yakunda qiyin kechgan jangda hamyurtimizning qo'li baland ko'tarildi. SHunday qilib yakunda 3 ta oltin va 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan termamiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Ammo boshqa bir tomoni, ushbu musobaqada muxlislar va mening nazarimda murabbiylar ham bokschilardan 100 foiz qoniqish hosil qilmadilar. Bokschilarimizda raqib hujumi vaqtida bir joyda turib qolish, oyoq va gavda harakatlari bilan zarbaga chap berish, qarshi hujumda zarba o'tkazib yuborish, masofadan ishlashda yo'l qo'yilgan bir muncha hato va kamchiliklar ko'zga tashlandi. Albatta -81kg va -75 kg vaznda licenziya olish imkonimiz hali mavjud. May oyida Franciyada bo'lib o'tadigan yakuniy Jahon kvalifikacion turnirida bokschilar yana bir bora harakat qilib ko'rishadi. Bu erda qaysi bokschiga imkon berish esa murabbiylar tanloviga bog'liq. SHu o'rinda qo'shni Qozog'iston terma jamoasi 8 ta vaznning barchasida yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsada -52 kg va -57 kg bokschilardan qoniqmay, Franciyaga ushbu vaznda boshqa bokschilarni olib borishlari mumkin ekanligi malum qilingan. Demak agarda biz licenziya olgan vaznlarda ham boshqa bokschilarni ham sinash maqsadida yakuniy jahon kvalifikacion turniriga yuborish mumkinmi degan savol ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy hol. Albatda. Agarda biron bir yo'llanma olgan "A" bokschining holati yuqori darajada emas deb topilsa, ushbu vaznda boshqa bir "B" sportchi yakuniy saralash turnirida sinab ko'rilishi mumkin. Faqat bu holatda birinchi "A" bokschi tomonidan olingan licenziya bekor qilinadi. Yani "B" bokschi licenziya olgan taqdirda o'z-o'zidan ushbu vaznda faqatgina u Olimpiadaga borishi mumkin bo'ladi. Agarda "B" bokschi licenziya ololmasa, demak ushbu vaznda Olimpiada o'yinlarida "A" bokschi ham, "B" bokschi ham ishtirok etmaydi. CHunki, har qanday vaziyatda birinchi licenziya bekor qilingan bo'ladi. Albatta, barcha vaznlarda bokschilarimizga omad tilab qolamiz va Olimpiadada vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarishlariga tilakdoshmiz. Bizda hozircha shular.

Jalol Ahmedov tayyorladi

Ushbu masala yuzasidan muxlislarimiz fikri qiziq. Tanqid ostida qolgan bokschilarimiz licenziyasidan voz kechib, jahon saralash turniriga boshqa bokschini olib borgan yaxshimi yoki tavakkal qilmaslik lozimmi?

Reyting:    

Fikrlar

+1   
22 mar 16:17:44
Qwe5009
Яна бир гап, Элнур Абдураимов, укам сизга бир маслахат тўғри тушиниб тўғри маънода қабул қиласиз, Рио 2016 дан олдин формез ўта юқори даражада эди хозиргига нисбатан тўғри квалификатциядаги натижа ажойиб бўлди хурсандман аммо бу Токио 2020 га учун камлик қилади шундай экан яна озгина ишлаганиз маъқул. Биз бир юрт фарзандларимиз сизларни юқори натижаларингиздан худдики ўзимизни фарзандимиз, укамиз, акамиз ютганде хурсанд бўламиз.
+1   
22 mar 15:04:14
Аббос Рахмонқулов
Litsenziya olgan bokschilarni ichida eng dostoyniy lari deb Mirazizni aytgan bo'lardim, undan olimpiada da oltin kutsa bo'ladi, Bahodirni vaznida raqobat o'ta kuchli bo'ladi, Shaxobiddin ham yaxshi bokschi
   
23 mar 01:24:47
Исломбек
Санжарни оркасидаги танкаси жуда кучли экан ким булса хам канча мусобакаларда урин ололмай келяпди шунда хам юборяпди даже Узбекистан чемпионатида хам йенгилди у нимага керак уни олиб бориш Узбекистан федерацияси буни бошдан куриб чикгани макул
   
22 mar 16:40:25
Boks boks
69 кг рахобат кучли бизда Билолбек Мирзарихимов Сайджамшид Жаффаров лар бор
   
22 mar 16:37:24
Boks boks
69 кг Шахрам яки Холдаровни 75 Меликузиев 81 кг Дилшоднинг узини яки Мардоновни курсям зур буларди 91 кг янги чемпинни яки Мадиярни курсак яхши буларди
   
22 mar 16:02:49
Qwe5009
Умуман олганда хамма ўз фикрига эга шундан келиб чиқиб мени фикрим БобаУсмон, Санжар ва Фатандан олипиядада ижобий натижа чиқмеди агар бронзани ижобий деб хисоблашмаса чунки нари борса шунга илашади. Бу эса бизни дунё ретингида биринчи ўринда турганимизи хисобга олсек бизни бронза хам қониқтирмеди негаки Ўзбекистон боксида хар бир кг. да рақобат кучли энг кучлиларини танлаш имконияти этарли даража. Хулоса шуки яқинда бўлиб ўтган Ўзб чемпионатида чемпион бўлган атлетларимизга хам имкон бериш керак хусусан 69, 75, 81, 91 кг.ларда.
   
22 mar 15:43:45
Furqat
Mening shaxsiy fikrim Sanjar Tursunov bilan Bobousmon Boturovlarni zudlik bilan almashtirish kerak Dilshod Ròzmetovga esa imkon berish kerak
   
22 mar 15:42:13
Nuriddin 77
6 ta vazndagi yòllanmalardan faqatgina -91 dagi Sanjar Tursunovni almashtirish kerak 69 da Bobousmondan yarim final kutsak bòladi shunchaki texnikasini tòģrilashi kerak albatta silarga kulguli lekin unda imkoniyat bòladi.91da Tursunovni 3 yildan beri murabbiylar tayyorlashmoqda afsuskiy ular adashishdi bu vaqt davomida Abdullaev yoki Saidrahimovi tanlashganida ulardan natija kutsak bòlardi.75 va 81 larda kim bòlishidan qatiy nazar yòllanma ola bilishadi faqat kim 75 kim 81 hal qilib olishsa bòldi Meliqòziev kòproq 81 75 Ròzmetov qòyishsa bòlardi.
   
22 mar 15:11:18
Boks boks
БОБУСМАН САНЖАРни алмаштириш керак табаккал килиб бусаям улаининг лизенциясы бир тийн бизга олимпиададаги натижа керак бу экки буксчи натижа йук куриниб турибди Бобусман аник парод килади
   
22 mar 15:01:12
Аббос Рахмонқулов
Haqiqatda yuqoridagi fikrga qo'shilgan holda birinchi navbatda Bobousmonni almashtirmasa olimpiada da parot qiladi, unaqa palapartish urishish (boks emas aynan urishish) ni boshqa bokschilarimiz ham eplaydi, uning o'rniga nomzod aniq, Fanat, Dilshod, Elnur va Sanjarlarni ham munosiblari bilan almashtirish lozim, bular meni shaxsiy fikrlarim
   
22 mar 14:31:27
Xushnudbek Tojibayev
Sanjar Tursunov bilan Bobousmon Baturovni almashtirish kerak. Sanjarga necha yildan beri imkoniyat berishadi hecham o'sish yo'q unda.
-1   
22 mar 16:40:24
Boks boks
69 кг рахобат кучли бизда Билолбек Мирзарихимов Сайджамшид Жаффаров лар бор
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing