25 avg 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18100_220.jpg)
Boks. Murodjon Ahmadaliev jahon chempionatini qozog'istonlik bokschiga qarshi boshlaydi
Bugundan Germaniyada boks bo'yicha jahon chempionati start oldi.
Qura natijalariga ko'ra, -56 kg vazn toifasida jang qiladigan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlashi lozim edi.
Bugun bokschimizga ilk jangida raqiblik qiladigan sportchi nomi malum bo'ldi. Meksikalik Kristofer Florez Maganani mag'lubiyatga uchratgan qozog'istonlik Qayrat Eraliev Murodjonga raqib bo'ladigan bo'ldi.
Malumot uchun, Murodjon Ahmadaliev Qayrat Eralievni ikki marotaba mag'lubiyatga uchratgan. Janglardan biri 2015 yilda Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionati nimchorak finali doirasida bo'lsa, yana biri Rio Olimpiadasi nimchorak finalida bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar