15 dek 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. "Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar o'rtasidagi jahon kubogi"da 6 ta medal qo'lga kiritdik
Rossiyaning Xanti-Mansiyk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o'rtasida mehnat Qahramoni Farmon Qurbon ogli Salmanov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.
Jahonning 15 ga yaqin mamlakatidan bokschilar ishtirok etgan musobaqa yakuniga ko'ra o'zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindor bokschilarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
-57 kg: Fazliddin Kattaqulov (oltin)
+91 kg: Lazizbek Mullajonov (oltin)
-75 kg: Abu Nuranov (kumush)
-91 kg: Jamshid Abdullaev (kumush)
-63 kg: Aliyor Noraliev (bronza)
-81 kg: SHohrux Rustamov (bronza)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar