14 okt 11:14
Yangiliklar

Boks. Rossiya ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi
O'z tarixida 11-marotaba tashkil etilgan va 10 ta vazn toifasida o'tkazilgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ammo, bokschi-qizlarimizdan hech biri kamida bronza medalini taqdim etuvchi yarim finalga qadar etib kela olmadi. Eng yaxshi natijamiz chorak final bo'ldi.
Jahon chempionati yakunida Rossiya terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Mezbonlardan Ekaterina Palceva (-48 kg), Liliya Aetbaeva (-51 kg), Zemfira Magomedalieva (-81 kg) barcha raqibalarini mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Lyudmila Voroncova finalda filippinlik Nesti Petekioga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo'lga kiritdi. Saadat Dalgatova (- 69 kg) va Ekaterina Dinnik (-64 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Xitoy terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan Turkiya terma jamoasi yakun yasadi. Rossiya jahon chempionatining eng yaxshi jamoasi, braziliyalik Beatriz Ferreyra (-60 kg) esa eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Fikrlar