18 okt 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks: Sabina Boboqulova Osiyo chempionatida eng yaxshi deb topildi
BAAning Fujayra shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. O'zbekiston terma jamoasi azolari ushbu qita chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Yosh charm qo'lqop ustalarimiz yakunda 8 ta oltin, 3 ta kumush hamda 11 ta bronza medalini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida Osiyoda tengsiz ekanligini isbotlashdi. Malumki, har bir katta turnir yakunida musobaqaning eng yaxshilari etirof etiladi.
Quvonarlisi, ushbu Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi nomiga qizlar o'rtasida -48 kg. vazn toifasida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan Sabina Boboqulova munosib ko'rildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar