27 avg 20:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Sanjar Tursunov chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!
-91 kg vazn toifasida jang qiladigan bokschimiz Sanjar Tursunov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Turnirda to'rtinchi raqam ostida saralangan argentinalik Yara Peraltaga qarshi bo'lib o'tgan jangda yosh bokschimiz yaxshi jang o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozondi.
Endi u navbatdagi jangini gollandiyalik Roy Korvingga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar