26 avg 00:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Sanjar Tursunov jahon chempionatidagi ilk jangini o'tkazdi
Gamburgda boks bo'yicha jahon chempionati boshlandi.
-91 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan bokschimiz ilk jangini nikaragualik Jeffi Gonsalesga qarshi o'tkazdi. Sanjar faoliyatidagi ilk JCH jangini juda yaxshi o'tkazdi va yakunda 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bokschimiz navbatdagi jangini to'rtinchi raqam ostida saralangan argentinalik Yamil Peralta Yaraga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamizning eng yosh azosi hisoblangan Sanjar Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatining chorak finalida Olimpiada sovrindori hisoblangan qozog'istonlik Vasiliy Levitga yutqazib qo'ygandi. Keyinchalik, JCH yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan jangda g'alaba qozonib, Gamburg turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar