22 dek 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Qozog'istondagi xalqaro turnir sovrindori bo'lishdi
Qozog'istonning Karaganda shahrida Qozog'iston SSRda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi Galim Jarilgapov xotirasiga bag'ishlangan XXXVI xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Avvalroq, musobaqada o'zbekistonlik bokschi qizlar ham ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik. Kecha turnir doirasida final janglari bo'lib o'tdi. Musobaqada -57 kg vazn toifasida finalgacha etib kelgan bokschimiz Yodgoroy Mirzaeva oltin medal uchun JCH-2019 finalchisi, rossiyalik Lyudmila Voroncovaga qarshi jang qildi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakunda, hamyurtimiz kumush medal bilan kifoyalandi. -60 kg vaznli Rayhona Qodirova esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar