26 mar 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi va murabbiy licenzion musobaqa davomida koronavirus yuqtirib olgan ekan
Boks bo'yicha Turkiya terma jamoasi azosi Serxat Gyuler va uning murabbiyi Seyfulla Dumlupinar ham koronavirus bilan kasallandi.
Ular Londonda o'tkazilgan Evropa licenzion musobaqasida ishtirok etishgandi. Yakunda topshirilgan doping test ijobiy natija bergan.
Qayd etish lozimki, London shahrida Evropa bokschilari uchun licenzion musobaqa 14 mart kuni start olgandi. Vaziyat yomonlashgach XOQ 16 mart kuni musobaqani to'xtatgandi.
Sportchi va murabbiy Turkiyaga qaytganidan so'ng 14 kunlik karantinga joylashtirilgandi. Izolyaciya paytida ularning tana harorati ko'tarildi. SHundan so'ng ular tahlil topshirishdi.
Havola :
Manba : РИА Новости
Fikrlar