15 okt 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Butunjahon armiya o'yinlariga yo'l olishdi
18-27 oktyabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o'yinlari bo'lib o'tadi.
Musobaqada o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishadi. Mugun bahslarda ishtirok etadigan charm qo'lqop ustalarimiz Xitoyga yo'l olishdi.
Bokschilarimiz bahslarda quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Abrorjon Qodirov
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov
-60 kg: SHunqor Abdurasulov
-64 kg: Jahongir Rasulov
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidrahimov
+91 kg: Obidjon Tohirov
Murabbiylar: Ilyos Rahimjonov, Uyg'un Siddiqov.
Qahramon Karimov va Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar