09 dek 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz "Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogi"ga jo'nab ketishdi
10-15 dekabr kunlari Rossiya Federaciyasining Xanti-Mansiysk shahrida neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar bokschilari o'rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi.
Mehnat Qahramoni Farman Qurban ogli Salmanov xotirasiga bag'ishlangan mazkur turnirda 15 mamlakatdan 100 nafardan ziyod charm qo'lqop ustalari ishtirok etishadi.
10 ta vazn toifasida tashkil etiladigan bahslarda o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishadi. Vakillarimiz turnirga quyidagi tarkibda yo'l olishdi:
-52 kg: Doston Xodjaev
-57 kg: Fazliddin Kattakulov
-63 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Jaxongir Yuldashev
-75 kg: Abu Nuranov
-81 kg: SHoxrux Rustamov
-91 kg: Jamshid Abdullaev
+91 kg: Laziz Mullajonov
Murabbiylar: G'ani Yusupov, Alisher To'ychiev. Hamyurtimiz Jasurbek Qurbonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olympicboxing.uz
Fikrlar