So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

11 okt 09:48
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimiz O'zMTDP azoligiga qabul qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha navbatdagi jahon chempionati o'tkazilgan edi.

Dunyoning 80 ga yaqin mamlakati sportchilari ishtirok etgan nufuzli musobaqada yurtimiz charm qo'lqop ustalari AQSH, Kuba, Rossiya, Qozog'iston, Angliya, Hindiston kabi boks olamining etakchi davlatlarni ortda qoldirdi. Jahon chempionatida milliy terma jamoamiz sportchilari 3ta oltin, bittadan kumush va bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.

Kecha poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida “Yurtimiz iftixorlari” mavzusida tadbir o'tkazilib, jahon chempionati qahramonlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zMTDP etakchisi Alisher Qodirov so'zga chiqib, partiya ushbu tadbirni o'tkazishni hali jahon chempionati boshlanmasdan oldin rejalashtirganini malum qildi.

– CHunki biz sportchilarimizning birinchi o'rinni olib, xalqimiz boshini yanada baland ko'tarishiga ishongan edik va shunday ham bo'ldi, – dedi partiya etakchisi. – Har birimiz, ayniqsa, yoshlarimiz Vatanni sevishni, ardoqlashni bokschilarimizdan o'rganishi lozim. Sababi, ularning bilagi kuch, yuragi esa o'z xalqi, o'z vataniga bo'lgan mehr, g'urur, milliy iftixor tuyg'ulari bilan to'lgan. SHuning uchun ham ular doimo xalqaro musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni egallab, yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarib qaytishmoqda. Yana shuni mamnuniyat bilan takidlashni istardimki, O'zbekiston boks federaciyasi hamda jahon chempionati qahramonlari bir ovozdan O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi safiga qo'shilishga rozi bo'ldi. Endi kuchlarimiz yanada birlashadi va biz har qanday to'siqlarni birgalikda engib, g'alaba sari yanada ildam qadam bosamiz.

Uchrashuvda Jismoniy tarbiya va sport vaziri, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi azosi Dilmurod Nabiev ham so'zga chiqib, xalqimiz muhim siyosiy tadbir – saylovlar arafasida turganligini, partiyaga azo bo'lishda esa bejiz O'zMTDP tanlamaganini takidlab, yurtimiz bokschilari o'z g'alabalari bilan xalqimizning milliy g'ururini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotganligini etirof etdi.

– Bizning maqsadlarimiz mushtarak, – dedi yig'ilishda so'zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabiev. – Xalqimiz, yoshlarimizni shu yurt, shu Vatanga bo'lgan mehrini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, tariximizni ulug'lash, xalqimizni o'tayotgan har bir kunidan rozi qilib, O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shish, nufuzini yanada oshirishda sportning o'rni beqiyos. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham ushbu g'oyalarni o'zining ustuvor vazifasi etib belgilagan. SHunday ekan, biz bir yo'ldamiz.

Tadbirda jahon chempionati g'olib va sovrindorlari, shuningdek O'zbekiston boks federaciyasi rahbarlari navbatma-navbat davraga taklif qilinib, ularga partiyaga azolik guvohnomalari topshirildi. Zarbof to'n kiydirilib, partiya ko'krak nishoni taqildi hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Uchrashuvda chempionlar ham so'zga chiqib, O'zMTDP safiga kirganidan xursandligi va boks ringlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgani kabi endi O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mavqeini yanada oshirish, partiya g'oyalarini keng targ'ib qilishdan aslo charchamasligini takidladi.

Tadbir yakunida O'zMTDP vakillari va chempionlari “Birmiz! Qo'lni-qo'lga beramiz” deya esdalik uchun rasmga tushdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing