07 iyu 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Qozog'istondagi xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda
SHu kunlarda Qozog'istonning Atirau shahrida boks o'yicha Isatay Taymanov va Maxambet Utemisov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Bahslarda Qozog'istondan tashqari Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va O'zbekistondan tashrif buyurgan charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishmoqda.
Bugun musobaqada yarim final bellashuvlari tashkil etiladi. Unda besh nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:
-52 kg: Doston Xodjaev - Kuansh Duysenbay (Qozog'iston)
-60 kg: Rahmatullo Qo'ziev - Baxtiyar Smagulov (Qozog'iston)
-69 kg: Muhammad Boydavlatov - Ablayxan Jusupov (Qozog'iston)
-69 kg: Sayfullo Erkinboev - Dulat Bekbauov (Qozog'iston)
-75 kg: Alisher Ortiqov - Zarkinbek Turatov (Qirg'iziston)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar