01 iyu 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz uzoq kutilgan yig'inni boshlashdi + FOTO
Yuzaga kelgan karantin sabab yurtimizda sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulot yig'inlari to'xtab qolgandi.
Nihoyat, uzoq tanaffusdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bokschilari Toshkent viloyati, Yangiobod shaharchasida joylashgan "Jemchujina CHatkala" dam olish maskanida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Yig'inda Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Hasanboy Do'smatov, SHahobiddin Zoirov, Bobo-Usmon Baturov, Elnur Abduraimov singari bokschilarimiz ishtirok etyapti.
Malumot uchun, ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini 12 iyul sanasiga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar