25 avg 20:48
Yangiliklar
Bokschimiz Vetnamda chempionlik kamari uchun 12 raundlik jang o'tkazdi
Jami 8 ta jang o'rin olgan boks oqshomiga District 7 Arena mezbonlik qildi. Ana shu 8 ta jangning 3 tasi bevosita o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida kechdi. SHoxruh Ashurov koreyalik Kang Seon Jong bilan durang qayd etdi. Ravshanbek SHermatov esa xitoylik Bing CHeng Zoudan ustun keldi.
Oqshomning markaziy jangi ham aynan hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tdi. Tajribali Olimjon Nazarov vakant bo'lib turgan WBO Oriental chempionlik kamari uchun filippinlik Ivan Sorianoga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundlik jang yakunida hakamlar bir ovozdan 116:112, 116:112, 116:112 hisobidagi g'alabani Nazarovga taqdim etishdi.
Malumot uchun, Olimjon Nazarov prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 24 ta jang o'tkazib, 19 g'alabaga erishgan. Hisobida 11 ta nokaut bor. Beshta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Soriano ham Nazarov singari 24 ta jang o'tkazdi. Ana shu janglarning 20 tasida g'alaba qozongan, 20 tasi nokaut bilan. Bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bitta jang durang bilan yakunlangan.
Fikrlar