So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

08 noy 10:52
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Sportga oshno qamashilik bolalar

Har qanday chempion sportchi borki, bolalar va o'smirlar sport maktablarida ilk mashg'ulotlarga kirishib, katta sport sari qadam tashlaydi.

Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi Qamashi tuman 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida tarbiyalanayotgan sportchi-o'quvchilar ham chempion bo'lish umidida marrani yuqori olib, tayyorgarliklarga zo'r berishgan.

Qamashi tumanidagi mazkur 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida ayni paytda 1075 nafar o'g'il-qizlar 26 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida sportning 16 ta turi bo'yicha muntazam o'quv-mashg'ulotlarida ishtirok etib, mahoratlarini oshirib borishmoqda.  

Mashg'ulotlarda toblanayotgan yosh sportchilarning  musobaqlarda qo'lga kiritayotgan natijalari ham maqtovga loyiq, deyish mumkin. BO'SMda birgina joriy yilda ko'plab viloyat va respublika chempion va sovrindorlari tayyorlangan.

Jumladan, sportning qo'l jangi turi buyicha Navoiy viloyatida 17-20 iyul kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogida Sevinch Toshpo'latova 60.kg vaznda faxrli 2-o'rinni, Lochinbek Ulashmurodov esa 3-o'rinni qo'lga kiritgan. 7-10 iyul kunlari Toshkent shaxrida taekvondo WT sport turi bo'yicha 2010-2013 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi mamlakat chempionatida Xojiakbar Toshmurodov kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lgan. 

Ananaviy ushu buyicha 26-27 iyun kunlari Farg'ona viloyatida bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogida Absalom CHoriev  51kg. vaznda 1-o'rinni, Musulmon Bahromjonov 51 kg.da 2-o'rinni, Ruslan Saimov 48 kg. vaznda 3-o'rinni, Quvonchbek Do'sqobilov 48kg. vaznda 1-o'rinni, Og'abek Yuldoshev 45 kg. vaznda 2-o'rinni qo'lga kiritgan.

SHuningdek, o'tgan oyning 7-8 oktyabr kunlari sportning taekvondo WT turi buyicha Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tgan “SURXON OPEN” turnirida Elshodbek Rahmatov  murabbiyligidagi BO'SM terma jamoasidan Rasulbek O'ktamov 3-o'rin, Xumoyun Fayzullaev 2-o'rin, Asadbek Abdullaev 1-o'rinnlarni egallashga muvaffaq bo'lishgan.

Sportning badiiy gimnastika turi buyicha shug'ullanayotgan qizaloqlarning musobaqalardagi natijalarini ham tahsinga sazovor, deyish mumkin. Misol uchun badiiy gimnastika murabbiyi SHahnoza Hayitalieva qo'l ostida shug'ullanayotgan qizlar 9-10 oktyabr kunlari Navoiy viloyatining Navbahor tumanida o'tgan Respublika ochiq birinchiligida ishtirok etib, 4 ta oltin, 3 ta kumush medallarni jamg'arishgan. 

13 oktyabr kuni  kurash buyicha bo'lib o'tgan viloyat chempionatida olti nafar BO'SM terma jamoa azolari o'z vazn toifalarida sovrindorlar qatoridan joy olib, O'zbekiston chempionatida ishtirok etish yo'llanmasini naqd qilishgan. Bunday yutuqli natijalarni yana ko'plab keltirish mumkin.

Albatta, yosh sportchilarning yuqori natijalarga erishishida  BO'SM direktori SHerbek  Soatov boshchiligida Normahmat Jalilov (uslubchi, kurash va sambo bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi ), Azizbek Barnoev (muaytay), Fayzulla Murtozoev (taekvondo WT), SHaxnoza Hayitalieva (badiiy gimnastika), G'iyosiddin Tursunov (boks), Elbek Mustanov  (futbol) kabi tajribali ustoz-murabbiylar mehnatining samarasi, deyish mumkin.

BO'SM direktori SHerbek Soatovning takidlashicha,  mavjud sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar BO'SM filiallarida, tumanning turli hududlaridagi talim muassasalarining sport zallarida hamda 2020 yilda bunyod etilgan sport majmuasida olib boriladi. BO'SMdagi yangidan qurilgan ochiq va yopiq sport majmuasida bir paytning o'zida futbol, voleybol, basketbol, engil atletika, og'ir atletika, taekvondo WT, badiiy gimnastika, shaxmat, shashka, boks, kurash kabi sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish imkoniyati yaratilgan. 

Bir so'z bilan aytganda, sport uchun shart-sharoitlar etarlicha bo'lgan maydonlarda irodasi mustahkam bolajonlar shiddatu shahd bilan o'zlari tanlagan sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r berishgan. CHunki ular sportga oshno bolajonlar-da.      

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing