21 avg 10:51
Yangiliklar
Futbol
“Borussiya D” Bundesligada antirekord qo'ydi
Germaniya chempionati 3-turida “Borussiya D” “Verder” bilan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan chiqarib, yakunda mag'lubiyatni qabul qildi.
Bundesliga tarixida ilk bor 89-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa raqibga yutqazdi. Bremenliklar 89, 90+3 hamda 90+5-daqiqalarda dortmunliklar darvozasini ishg'ol etib, qoyilmaqom g'alabaga erishdi.
“Borussiya D” safida Yulian Brandt va Rafael Gerreyru gol urgan bo'lsa, “Verder”dan Li Byukenen, Niklas SHmidt hamda Oliver Berk to'p kiritdi.
Havola :
Manba : sport24.ru
Fikrlar