12 sen 18:17
Yangiliklar
Bosh prokuratura: O'zbekiston suzish federaciyasida 2 milliard so'm atrofidagi mablag' talon-toroj qilingan
Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.
Xususan, O'zbekiston suzish federaciyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag'lar hisobidan terma jamoa azosi bo'lmagan, aslida Federaciya Bosh kotibi A.G.ning oila azolari bo'lgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln. so'm mablag' talon-toroj qilingan.
SHuningdek, amalda o'tilmagan o'quv - mashg'ulot yig'inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so'm mablag'lar o'zlashtirilgan.
Bundan tashqari, Federaciyaga xalqaro musobaqa va o'quv mashg'ulotlari o'tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd. so'm mablag'lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.
Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Fikrlar