So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

13 okt 08:18
Yangiliklar

Futbol, Voleybol

"Bosh vazir kubogi" musobaqalariga qura tashlandi FOTOGALEREYA

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida sportning futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) turlari bo'yicha tashkil etiladigan "Bosh vazir kubogi" musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabr kuni «2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to'g'risida» videoselektor yig'ilishida ko'ra vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlar kesimida bir oy muddatda xodimlarning madaniy saviyasini rivojlantirish, ularni sog'lom turmush tarziga o'rgatish, jismoniy tarbiya ko'nikmasini shakllantirish, sportning ommaviyligini taminlash, madaniyat klublari va sport to'garaklariga keng jalb etish, ular o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, shu jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o'tkazish vazifasi ham yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida sportning futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

“Bosh vazir kubogi” musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150ga yaqin vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilot taklif etilgandi. 

Yakunda erkaklar o'rtasidagi futbol musobaqalarida qatnashish uchun 64ta jamoa talabnoma taqdim etgan bo'lsa, voleybol musobaqalarida ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni esa 11tani tashkil qildi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida musobaqalarga qura tashlash marosimi va matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda vazirlik, O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston voleybol federaciyasining mutasaddi xodimlari, ishtirokchi jamoalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Dastlab tashkilotchilar ushbu musobaqaning maqsad-mohiyati va o'tkazilish tartibi haqida qisqacha malumot berishdi. SHundan so'ng voleybol musobaqalariga qura tashlandi.

“Bosh vazir kubogi”. Voleybol (ayollar o'rtasida)

“A” guruhi:

O'zbekiston liberal demokratik partiyasi

O'zbekiston milliy axborot agentligi

“O'zkimyosanoat” AJ

“V” guruhi:

Qishloq xo'jaligi vazirligi

Olmaliq tog' metallurgiya kombinati

Maktabgacha talim vazirligi

Innovacion rivojlanish vazirligi

“S” guruhi:

Issiqlik elektor stanciyalari AJ

“O'zbekiston temiryo'llari” AJ

Respublika “Mahalla” jamoat fondi

“SHarq” NMAK

SHundan so'ng futbol musoqalariga qura tashlandi. Bu musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni ko'pligi bois o'yinlar olimpiya tizimida o'tkaziladigan bo'ldi. Yani 64 ta jamoa 1/32 final bosqichidan bahslarga kirishadi. Keyin kuchlilar 1/16 final, 1/8 final, chorakfinal, yarim final va finalda g'oliblik uchun kurash olib boradi. Qisqasi, musobaqada bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun 6ta o'yinda g'alaba qozonish talab etiladi. 

“Bosh vazir kubogi” musobaqasi joriy yilning 18-27 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. 19-20 oktyabr kunlari dastlabki bosqich o'yinlari o'tkazilsa, 21-22 oktyabrda 1/16 final ishtirokchilari kuchlilarni saralaydi. Futbol o'yinlari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli futbol maydonlarida o'tkazilsa, yarim final va final o'yinlari mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

Qizg'in va murosasiz, eng muhimi – do'stona ruhda o'tadigan musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom, kubok hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing