23 sen 10:41
Yangiliklar

Bosh vazir o'rinbosari, Ozodbek Nazarbekov qatnashgan bokschilarimizning tantanali kutib olish marosimidan YORQIN FOTOGALEREYA
CHarm qo'lqop ustalarimiz Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tgan jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishgandi. Qayd etish lozimki, hali xech qaysi jahon birinchiligida o'zbekistonlik bokschilar uchta oltin medalga ega chiqishmagandi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qahramon bokschilarimizni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinborsari Ochilboy Ramatov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, keng sport jamoatchiligi, bokschilarning oila azolari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar