04 may 12:23
Yangiliklar
Boks/MMA

"Boshqa xato qilishga haqqim yo'q!"
UFC jangchisi Marlon Moraes rossiyalik Petr Yanga qarshi jangda mag'lub bo'lishga haqqi yo'qligini malum qildi.
“Bir necha juda kuchli jangchilar bilan bahslashdim. Hozirda chempionlik janglari haqida emas, balki Petr Yangga qarshi jangim haqida o'ylashim kerak. To'qnashuvga bor kuchim bilan tayyorgarlik olib boryapman. Uni mag'lub eta olishimga ishonaman. U pancher va buni unutmaslik lozim. Yan chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Unga qarshi jangda xato qilishga haqqim yo'q”, - dedi Marlon.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu jang 13 iyun kuni Qozog'istonda tashkil etilishi lozim edi. Pandemiya sababli jang katta ehtimol bilan UFC tomonidan barpo etilayotgan orolda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar