06 iyu 11:42
Yangiliklar
Braziliya o'z Olimpiyachilarini Evropaga jo'natadi
Mamlakatda vaziyat shu qadar og'irki, ushbu yurtda 2020 yil birorta ham sport musobaqasi o'tkazilmasligi xavfi bor. Braziliya hukumati Olimpiya sport turlari bo'yicha o'zining elita atletlari sport formasini ushlab turish maqsadida 200 nafar sportchisini Evropada o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jo'natishga qaror qildi.
Mazkur loyiha iyul-dekabr oylari uchun mo'ljallangan bo'lib, bu muddat orasida asosan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan atletlar Evropa yig'inida bo'lishadi. Rejaga ko'ra, sportchilarning dastlabki guruhi kelasi oy Portugaliyada mashg'ulot o'tkazishadi.
Koronavirus o'choqlaridan biri bo'lmish Braziliya kasallikka chalinish ko'rsatkichi bo'yicha AQSHdan keyingi ikkinchi o'rinda turibdi. Ushbu mamlakatda 650 ming kishida ushbu infekciya aniqlangan bo'lib, ularning 35 mingdan ortig'i hayotdan ko'z yumgan. Kasallikka chalinish bo'yicha kunlik ko'rsatkich so'nggi 2 kunda 30 mingdan ziyod bo'lib turibdi.
Fikrlar