11 iyu 07:25
Yangiliklar
Braziyaliklar endi 11 karra Gran-pri turniri g'olibalari
Hal qiluvchi final uchrashuvida maydonga tushgan AQSH terma jamoasi braziliyalik raqiblariga 2:3 hisobida yutkazib, kumush medal bilan cheklandilar.
1-o'rin uchun
AQSH – BRAZILIYA – 2-3 (25:18, 17:25, 23:25, 25:22, 9:15)
Bronza medalini qo'lga kirtish uchun ham besh partiya bahs olib borildi. Murosasiz uchrashuvning hal qiluvchi partiyasida 15-9 hisobi qayd etildi. Bu natija gollandiyalik voleybol ustalariga shoxsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishga zamin yaratdi.
3-o'rin uchun
ROSSIYA – GOLLANDIYA – 2-3 (25:18, 25:23, 28:30, 21:25, 9:15)
Jami 6 ta terma jamoa o'rtasidagi nufuzli musobaqaning 5-pog'onasi Xitoy vakilalariga nasib etdi. Ular mezbon sifatida imtiyozli ravishda turnirda qatnashgan tailandlik raqibalarini osonlik bilan engdilar.
5-o'rin uchun
XITOY – TAILAND – 3-0 (25:23, 25:23, 25:12)
Fikrlar