22 jan 12:06
Yangiliklar
BREAKING: Srechko Katanec O'zbekiston terma jamoasini tark etdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sababli O'zbekiston futbol associaciyasi bilan tuzilgan shartnomani o'zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Sloveniyalik murabbiy o'z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to'laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo'llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun associaciyaga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
O'z navbatida, O'zbekiston futbol associaciyasi Srechko Katanecga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi.
O'FA hamda Srechko Katanec o'rtasidagi shartnoma o'zaro do'stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O'zbekiston futbol associaciyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.
Fikrlar