10 avg 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/17222_220.jpg)
Briggs Povetkin bilan muzokara olib borayotgani va uni nokaut evaziga engishini aytdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik SHennon Briggs sobiq WBA chempioni rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan muzokara olib borayotganini malum qildi.
Etiborga molik jihati shundaki, ikkala bokschi ham yaqinda doping mojarosiga duch kelishgan edi.
“Ayni paytda biz Povetkinning jamoasi bilan muzokara olib boryapmiz. Agar hammasi joyida bo'lsa, Sasha bilan jangimiz shu yilning noyabr yoki dekabr oylarida bo'lib o'tadi.
O'ylaymanki, bo'lajak
jangda men Povetkinni nokautga uchrataman. Aleksandr xohlasa, jang uning yurti
Rossiyada o'tkaziladi. Men Moskvaga kelishga tayyorman”, – dedi janjalkash Briggs.
Havola :
Fikrlar