So’nggi yangiliklar

12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0

26 fev 09:12
Yangiliklar

Boks/MMA

Britaniyalik promouter Turki Al ash-SHayx va Dana Uaytni sudga bermoqchi

Taniqli britaniyalik promouter Frenk Uorren taxminan bir milliard dollar undirib olishni maqsad qilgan.

U yangi Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasi akciyadorlarini u bilan tuzilgan shartnomalarni buzganlikda ayblamoqda va boy berilgan foydadan taxminan bir milliard dollar ishlab olmoqchi, deb yozadi The Telegraph.

Uorrenning Queensberry kompaniyasi 2023 yil sentyabr oyida Saudiya Arabistonining SELA kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma tuzgan, u Turki Al ash-SHayx boshchiligidagi Saudiya Arabistoni ko'ngilochar bosh boshqarmasi bilan bog'liq.

Ularning hamkorligi 2023 yil oktyabr oyida Tayson Fyuri va Frensis Ngannu o'rtasidagi jangni tashkil qilish bilan boshlangan va Queensberry SELA bilan muhim maxfiy malumotlarni baham ko'rgan. Keyinchalik Queensberry UFC va WWE brendlariga egalik qiluvchi TKO Group kompaniyasi bilan ham shartnoma imzoladi va u ham ushbu malumotlarga kirishga muvaffaq bo'ldi.

O'tgan yili SELA va TKO Group ushbu malumotdan foydalanib, Queensberry bilan tuzilgan shartnomalarni buzgan holda, ikkinchisining xabarisiz Zuffa Boxing kompaniyasini tashkil etgan. Joriy yil boshidan Zuffa o'z turnirlarini o'tkazishni boshladi va allaqachon jahon chempioni Jey Opetaya va britaniyalik mashhur bokschi Konor Benn bilan shartnoma imzoladi.

Endi Queensberry ulardan SELA va TKO Group shartnomalarni buzmaganda kompaniya ishlab topishi mumkin bo'lgan bir milliard dollarni undirib olmoqchi. Queensberry allaqachon kompaniyalarga sudgacha bo'lgan davolarni yuborgan va agar davolar qondirilmasa, London Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing